English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda 17 mingga yaqin yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
18:36 / 2022-02-14

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida yaratib berilayotgan sharoitlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlari soni yildan-yilga sezilarli ravishda oshib bormoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar holatida Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 109 ming 779 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 105 ming 603 tani, yangi tashkil etilgan korxonalar soni 16 ming 751 tani tashkil etadi.

Jumladan, yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarsiz) 2021 yil yanvar-dekabr oylarida savdoda 6 ming 306 ta, sanoatda 2 ming 66 ta, qurilishda 1 ming491 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 950, axborot va aloqa sohasida 884 ta, tashish va saqlashda 572 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 340 tani tashkil etmoqda.

Shuni alohida aytish lozimki, ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 3,6 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 3,4 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga oshgan. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 440 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 122 taga yoki 21,7foizga kamaygan.

M.Komilova, O‘zA