Poytaxtimiz dzyudo va para-dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda
«Universal sport saroyi»da o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Bugun dzyudo va paradzyudochilar 5 tadan vazn toifasida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishdi.
[gallery-311]
O‘z vazn toifalarida surxondaryolik Jaloliddin Boynazarov, Toshkent viloyati vakillari Suhrob Tursunov va Doston Meyliyev, ayollar o‘rtasida xorazmlik Farangiz Hojiyeva hamda surxondaryolik Shohista Nazarova O‘zbekiston chempioniga aylandi.
Muhammad AMIN(surat), O‘zA