Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimiz bu yil yanada go‘zallashadi
15:20 / 2025-03-18

Har yili o‘lkamizga bahor kirib kelishi bilan yurtimizning barcha hududlarida ekish-tikish, yo‘llar va uy-joylar hamda inshootlarni ta’mirlash ishlari avj oladi. Albatta, bu ezgu ishlar poytaxtimiz Toshkent shahrida ham boshlab yuborildi.

Bu haqda bizga Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasining boshqaruvchi-maslahatchisi Xorun Normuhammadiy quyidagilarni gapirib berdi:

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning oktyabridagi 665-sonli qarorida bu yil Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asfaltlash ishlari belgilab berilgan. Unga asosan, joriy yilda har bir tumanning obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan 217,7 kilmetrga yaqin yo‘llar asfaltlanishi yoki ta’mirlanishi, buning uchun byudjetdan 48 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga har yil boshida Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 16,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Ushbu mabla-ga asosan Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi hamda amalga oshiriladi. Ammo bu yil markaziy ko‘chalar taftishdan o‘tkazilib, manzilli dastur shakllantirildi va unga asosan 7,5 kilometr uzunlikdagi markaziy ko‘chalarni ta’mirlash (50,4 mlrd so‘m) rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, markaziy ko‘chalarni joriy ta’mirlash ishlari ham dasturga kiritildi. Mazkur dasturga asosan jami 71 ta markaziy ko‘chada 5,4 km (1,2 mlrd so‘m) lik asfaltlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Toshkent shahrida (jami 216 dona sun’iy inshoot mavjud) 29 dona avtomobil yo‘l o‘tkazgichlari, 85 dona avtomobil yo‘l ko‘prigi, 7 dona transport tonneli, 42 dona piyodalar yer osti o‘tish yo‘li, 42 dona piyodalar ko‘prigi va 11 dona piyodalar yer usti o‘tish yo‘li bor bo‘lib, ulardan  9 tasini (205 160 kv.m - 547,6 mlrd so‘m) butkul ta’mirlash, 7 ta piyodalar yer usti o‘tish yo‘llariga lift va eskalatorlar (7,3 mlrd so‘m) o‘rnatish, 6 ta piyodalar yer usti o‘tish yo‘lagidagi lift va eskalatorlarni (8,2 mlrd so‘m) almashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yilda poytaxtimizdagi barcha kollektorlarni taftishdan o‘tkazdik va ushbu ob’ektlarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqildi. Unga binoan, 12 ta yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilmoqda hamda ushbu ishlarga, taxminiy hisob kitoblarga ko‘ra, 4,7 mlrd so‘m pul mablag‘lari sarflanishi aniqlandi. 

Ma’lumki, 2025 yil davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deya nomlandi. Shu munosabat bilan boshqarmamiz tomonidan joriy yilda  shahrimizni yashillashtirish dasturi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unga binoan,   bahor oylarida 42 ming, kuz mavsumida esa 20 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish muljallangan. Ayni paytga qadar esa 11 ming dona ko‘chat o‘tqazildi. Bundan tashqari, ushbu yilda      15 mln dona manzarali, mavsumiy gul ko‘chatlari ekish ham rejalashtirilgan.

Hozir Toshkent shahrida sug‘oriladigan maydonlar 308,7 gektar bo‘lib, sun’iy sug‘orish tizimlari esa 1 456 kilometrni tashkil etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 30 dekabridagi PF-46-sonli Farmoniga asosan, 12 ta tumanda 1 tadan, jami 12 ta suv chiqarish quduqlari qazilishi va sun’iy sug‘orish tizimlari tashkil qilinishi belgilangan.

Mavjud sun’iy sug‘orish tizimlarini muntazam ravishda ta’mirlash ishlari ham belgilab olingan bo‘lib, bunda 9 dona nasos stansiyalarini butkul ta’mirlashga 670 mln so‘m hamda 43 ming kilometr sun’iy sug‘orish tizimlarini rekonstruksiya qilishga  3,6 mlrd so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi drenaj va kollektorlarni ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi va toshishiga qarshi bir qator ishlar olib borilmoqda. Masalan, Yashnobod tumanida joylashgan Mahtumquli va Elbek ko‘chalarida uzunligi 1 700 metr bo‘lgan  yangi kollektor qurish zarurati tug‘ilmoqda. Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida joylashgan “Jangoh kollektori” va Chilonzor tumanida joylashgan “Izza 2 kollektori”da rekonstruksiya ishlari  rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent shahri bo‘ylab ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufidagi 36 dona nasos stansiyalarini qo‘shimcha elektr generatorlari bilan ta’minlash ishlari ko‘zda tutilgan. 

Ayni paytda Toshkent shahri fuqarolaridan shaharda chiqindi tashlash qutilari yetarli darajada emasligi bo‘yicha ko‘plab ariza va shikoyatlar kelib tushayotgani hech kimga sir emas. Shu sababli bu borada ham Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 2025 yilda bir qator ishlarni rejalashtirmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning 2 oktyabridagi 787-sonli qarorida “hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda — har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda esa – har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan” chiqindi qutilarini o‘rnatish kerakligi belgilangan.

Taxminiy hisob kitoblarga ko‘ra, shahrimiz aholisi gavjum markaziy maydonlariga jami 148 dona, jamoat transport bekatlariga 171 dona, sun’iy inshootlar chiqish va tushish joylariga jami 63 dona, jamoat transport ko‘chalariga 1 362 dona va markaziy ko‘chalarga 131 dona jami 1 875 dona chiqindi qutilarini o‘rnatish ishlari rejalashtirilib, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun jami 2,3 mlrd so‘m sarflanadi.

Bugungi kunda Obodonlashtirish boshqarmalari tizimida jami 1 086 ta maxsus texnika va mexanizmlar mavjud bo‘lib, ulardan 644 tasining yaroqlilik muddati o‘tgan.

Shundan kelib chiqqan holda hamda shahrimiz ozodaligini ta’minlash rahbariyat tomonidan berilayotgan topshiriqlarni uyushqoqlik bilan tashkil qilish, qish mavsumida yaxmalaklarning oldini olish, kuz-bahor mavsumida toshqinlarga qarshi kurashish, yig‘ilgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, yoz mavsumida daraxtlarni qurishdan saqlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va obodonlashtirish boshqarmalari ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida jami 287 dona (285,2 mlrd so‘m) zamonaviy, maxsus texnikalar talab etilmoqda. 

Turob NIYOZ suhbatlashdi

O‘zA