Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtga olib o‘tilayotgan pirotexnika vositalari ushlab qolindi
15:32 / 2021-12-01

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz hudud» va «Xavfsiz tun» profilaktik tadbirlari doirasida Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida inspektorlar bir necha noqonuniy tovarlar aylanmasiga chek qo‘ydi.

Viloyat IIBB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 28 noyabr kuni soat tungi 03:00 larda vodiy yo‘nalishidan Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan R.A boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirganda, avtomobil yukxonasida 329 dona turli nomdagi pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda olib ketilayotgani aniqlandi.

 Shuningdek, xuddi shu vaqtda vodiy yo‘nalishidan poytaxt tomon harakatlanib kelayotgan haydovchilar I.M. va A.S. boshqaruvidagi transport vositalari to‘xtatilganda, avtoulov yukxonasida hech qanday me’yoriy hujjatga ega bo‘lmagan 20 dona televizorlar noqonuniy ravishda olib ketilayotgani ham ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

A.Musayev,O‘zA.