Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtdagi pullik "parkovka" narxlari tasdiqlandi (+video)
11:17 / 2024-10-17

Toshkent shahar hokimining transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylarini takomillashtirish bo‘yicha qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, hokimlik va "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi. 1-tarif zonasida bir soatlik to‘xtab turish 12 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu miqdor 2-tarif zonasida 10 ming so‘m, 3-zonada 8 ming, 4-zonada 6 ming va 5-tarif zonasida 5 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qarorga pulli to‘xtab turish joylarining tartibi va qoidalari ham ilova qilingan. Unga ko‘ra, parking tashkil etish uchun investorlar va boshqa shaxslar xam murojaat qilishi mumkin. Murojaatlar 20 kun ichida o‘rganib chiqiladi, parking chegaralari, foydalanishga topshirish muddatlari bo‘yicha  Toshkent shahar hokimi qaror qabul qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KBtyK-yomBQ" title="Toshkentda pulli &quot;parkovka&quot; narxlari tasdiqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Parkingda transport vositalarining yo‘qolishi yoki shikastlanishi avtomobillar egalari zimmasida qoladi. Ayrim guruh nogironlari, II jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA