French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtdagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha jamoa jalb qilindi
17:20 / 2023-01-15

Shu kunlarda qahraton sovuq tufayli transformator punktlari va tarmoqlarda yuklamalar 3-4 barobarga ortdi. Bu esa ta’minotda uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, elektr tarmoqlari va transformator punktlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlariga barcha hududiy elektr ta’minoti korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar va zarur avtotransport vositalari jalb etildi.

Ayni chog‘da ular birlamchi elektr qurilmalar, kabellar, zarur himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmoqda.

Toshkent shahrida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari kuchaytirilgan rejimda olib borilayotir. Bu jarayonlarda hududlardan jalb qilingan jamoa poytaxtlik hamkasblariga yaqindan yordam bermoqda.

Iste’molchilardan uylaringizdagi eng zarur xonalarni isitish va yoritishdan tashqari energiya sarfini imkon qadar kamaytirishingizni iltimos qilamiz, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

O‘zA