Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtdagi alimentdan qarzdor ishsiz otalar yoxud MIB o‘z vazifasini uddalash uchun nimalar qilyapti?
16:52 / 2022-03-09

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoyalash Majburiy ijro byurosi organlari oldidagi muhim masaladir. 

Xususan aliment undiruvlari yo‘nalishidagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 21 fevralidan 21 martiga qadar «Aliment undiruvi oyligi» e’lon qilindi.

bugungi kunda Majburiy ijro byurosi byurosi organlari ish yurituvida 27 ming 400 dan ortiq aliment undirishga doir ijro hujjatlari mavjud.

Hozirda ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Toshkent shahar bandlik boshqarmasi ma’lumotga ko‘ra, 5 489 nafar fuqaroning norasmiy bandligi, 1 477 nafari mustaqil ishga joylashganligi, 453 nafari o‘zini o‘zi band qilganligi va 114 nafari ishlashni rad etganligi, shuningdek, 29 nafar qarzdor ishga joylashtirilgan.

Xususan, aliment undiruviga oid ishlarga misol:

MIBning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor Z.Shokirovdan undiruvchi K.Shokirova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida hujjat kelib tushgan. Z.Shakirov o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun 34 mln. so‘m qarz bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2009 yildagi ijro varaqasiga asosan D.Turdiyevdan T.Turdiyeva foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi uchun  7.500 AQSH dollari miqdoridagi qarzdorlik undirilgan.

Bundan tashqari, MIBning Olmazor tuman bo‘limi qarzdor fuqaro D.Alimovdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari foydasiga 330 mln. so‘m mablag‘ni olib bergan.

Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan qarzdor S.Muhitdinovdan undiruvchi G.Rasulovaning foydasiga 1 nafar farzandi uchun qariyb 60 mln. so‘m hamda qarzdor Sh.Abdurasulovdan 3 nafar farzandlariga salkam 50 mln. so‘m miqdoridagi aliment pullari undirildi.

 

Shuhrat Ne’matov, O‘zA