Poytaxtdagi 31 ta maktabning isitish tizimidagi muammolar bartaraf etildi
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun, 24 yanvardan isitish tizimlarida muammolari bartaraf etilgan va sinfxonalarda havo harorati me’yorida bo‘lgan 31 ta umumta’lim maktabida ham uzluksiz ta’lim jarayoni boshlanadi.
Bular Bektemir tumanidagi 346-sonli, Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-sonli, Olmazor tumanidagi 28-sonli, Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-sonli, Chilonzor tumanidagi 163-, 168-, 173-, 181-, 188-, 232-sonli, Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli, Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli, Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
O‘zA