French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtda jamoat transporti – avtobuslardan foydalanuvchilar soni oshdi
11:56 / 2022-12-22

bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan kuniga 850-870 ta avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarilmoqda. Belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar soni 1 ming 50 – 1 ming 90 taga ko‘paytirildi. Natijada yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqartirishga erishildi. Joriy yil 19 dekabr holatiga 1 ming 83 ta, 20 dekabr kuni esa 1 ming 90 ta avtobus mavjud yo‘nalishlarda aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatdi.

Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida yetishmayotgan qo‘shimcha 204 ta yangi avtobuslar qisqa muddatda olib kelinib, davlat raqam belgilari, elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi validatorlar bilan jihozlandi va yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirishga jalb etildi.  

Yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar sonining ko‘paytirilishi, oraliq vaqtining qisqartirilishi sabab yo‘lovchilar soni ham sezilarli darajada ortishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, 12 dekabr kuni yo‘lovchilar 501 ming 863 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 19 dekabr kuni bu ko‘rsatkich sezilarli oshib, tegishlicha 567 ming 535 nafarni tashkil etdi.  

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJga  qarashli 8 ta avtobus saroyining barchasida har ish kuni oxirida avtobuslarning sanitar holati ko‘zdan kechirilib, yuvish-tozalash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, qish kunlarida shahar jamoat transportining bir maromda ishlashini ta’minlash, yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.  

Umumiy soni 284 tani tashkil qilgan malakali chilangarlar 2 smenada avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari “Toshavtota’mir” UKning 3 ta filialida 123 ta malakali chilangar xodimlar ham ikki smenada avtobuslar texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Qishki mavsumda avtobuslarning belgilangan yo‘nalishlarda uzluksiz qatnovini ta’minlash maqsadida avtobuslarning yoqilg‘i moylash mahsulotlari zaxirasi to‘liq yaratilgan bo‘lib, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash ishlari uzluksiz olib borilmoqda.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA