Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtda favvoralar ishga tushirildi...
15:26 / 2025-11-21

Toshkent shahar va tuman hokimliklari, obodonlashtirish bo‘limlari hamda poytaxt hokimligi tasarrufidagi favvoralardan foydalanish xizmati, shuningdek, kanallar va sun’iy inshootlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan shahar bo‘ylab favvoralar qayta ishga tushirildi.

Maqsad ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitdagi changallik darajasini kamaytirishdir, deyilai Toshkent shahar hokimligi ma’lumotida.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: favvoralar qanday yordam beradi? Ma’lumotlarga ko‘ra, chang zarralarini kamaytiradi.

Favvoralar atrofida havo namlanadi. Natijada chang zarralari yerga cho‘kib, havodagi chang miqdori kamayadi. Namlik balansini tiklaydi. Havo quruqlashganda chang ko‘payadi. Favvoralar esa havoni namlab, bu jarayonni tabiiy tarzda yumshatadi. Ular havodagi chang va ifloslanish muammosini to‘liq bartaraf etmasligi mumkin. Ammo birlamchi chora sifatida muammoni yengillashtirishga yordam beradi.

A.RUSTAMOV, O‘zA