“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Elektrotexnika va elektronika – E-Tech Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning ushbu yo‘nalishdagi sanoati yutuqlari, yangi texnologik yechimlar hamda eksport salohiyatimiz keng namoyish etildi.
Bu yerda ko‘proq mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning xilma-xil, xalq ehtiyoji uchun chiqarilayotgan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarini ko‘rish quvonarli albatta. Zero, bugun O‘zbekiston nafaqat ichki bozorni elektrotexnika mahsulotlari bilan ta’minlay olyapti, balki yiliga 1.5 mlrd dollarlik eksportni ham amalga oshirmoqda. Tadbir tashkilotchisi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tadbirkorlarimizning yangi mahsulotlarini keng ommaga tanishtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Ko‘rgazma pavilonlaridan asosan zamonaviy maishiy texnikalar, kabel-sim mahsulotlari, elektr o‘tkazgichlar, energiya tejamkor yoritish tizimlari, transformatorlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv yechimlari, quyosh energiyasi asosidagi innovatsion qurilmalar o‘rin oldi. Ayniqsa dasturiy ta’minotga asoslangan yangi texnologiyalarga qiziqish yuqori bo‘ldi.
Ko‘rgazma doirasida elektrotexnika tarmog‘ida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy investorlar bilan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va mahsulotlar eksportini kengaytirishga qaratilgan V2V uchrashuvlar, biznes-forumlar o‘tkazish va hamkorlik me’morandumlarini imzolash marosimlari ko‘zda tutilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PL21xX6jOuI" title="Poytaxtda elektrotexnika va elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA