Poytaxtda “Aqlli bekatlar” paydo bo‘la boshladi (+video)
Bugun poytaxtning bir necha bekatlarida quyosh panellari va jamoat transportlarining oraliq qatnash vaqtlarini ko‘rsatib turuvchi monitorlar o‘rnatilmoqda.
Prezidentning tegishli qarori bilan kelgusida bekatlarning 450 tasi monitorlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, 5 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 1160 ta avtobus oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 16 ta transport o‘tish bog‘lamalarini qurish va rekonstruksiya qilish, 159 ta yangi jamoat transport yo‘nalishlarini tashkil qilish hamda avtomatlashtirilgan dispecherlik xizmatiga o‘tkazish mo‘ljallangan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/v57fIkf2TmU" title="Poytaxtda “Aqlli bekatlar” paydo bo‘la boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA