Poytaxtda 7 ta bino faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi
Toshkent shahar hududida insonlar ko‘p yig‘ilishi mumkin bo‘lgan maskanlar (binolarning) favqulodda vaziyatlarni (yong‘inlarni) sodir bo‘lishida belgilangan xavfsizlik talablariga javob berishi yuzasidan tegishli tartibda Davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tekshiruvlar davomida Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan 7 ta bino (inshoot) va xonalarda insonlar hayotiga xavf solib, yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi sababli ularning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.
Hozirgi vaqtda ish faoliyati to‘xtatilgan ob’ektlardagi tadbirkorlar tomonidan aniqlangan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda tezkorlik bilan barcha kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Sherbek Islomov, O‘zA