Poytaxtda 11 trillion so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlandi
Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida izchil ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 11 trillion so‘mlik 845 ming yoki 2024 yilning
mos davriga nisbatan 275 mingtaga ko‘p hujjat ijrosi ta’minlangan. “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga 91 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Tumanlararo bo‘limlar tomonidan 171 milliard so‘mlik 333
ming ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlangan.
Bundan tashqari, ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruv e’lon
qilingan jami 415 shaxsdan 250 tasi topilgan.
N.Abduraimova, O‘zA