Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt xiyobonlari bayram tantanalari uchun tayyor
19:07 / 2025-12-24

FOTOREPORTAJ

Yurtimizning barcha go‘shalarida Yangi – 2026 yilni munosib kutib olish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Ko‘chayu xiyobonlar, istirohat bog‘larida bayram shukuhi hukmron. Shahar va tuman markazlarida o‘rnatilgan bayram archalari atrofida Yangi yil tantanalari uchun qulay muhit yaratildi.    

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Yangi yilning asosiy bayram tadbirlari bu gal ham poytaxtimizning Istiqlol ko‘chasida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining old maydonida 2025 yilning 25 dekabridan 2026 yilning 10 yanvariga qadar bo‘lib o‘tadi. Maskan bayramni yuksak saviyada o‘tkazish, tashrif buyuruvchilarga xush kayfiyat ulashish uchun tayyor holda.  

[gallery-26887]

Shuningdek, quyidagi manzillarda ham bayram tadbirlari tashkil etiladi:

Yunusobod tumani: Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi (“Yunusobod Gallery” majmuasi), 25 dekabr – 10 yanvar | 17:00 – 21:00

Bektemir tumani: “Compass” savdo majmuasi, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

“Coca-Cola Garden” bog‘i, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

Mirobod tumani: Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi 21 dekabr – 4 yanvar | 16:00 – 22:00

Mirzo Ulug‘bek tumani: “Central Park”, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

“Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududi, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

Sergeli tumani: Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘i, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

Olmazor tumani: “Asia.uz” supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri), 25 dekabr – 10 yanvar | 16:00 – 22:00

Uchtepa tumani: Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi, 25 dekabr – 5 yanvar | 16:00 – 20:00

Chilonzor tumani: “Dream Park” (“G‘afur G‘ulom”) madaniyat va istirohat bog‘i, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

“Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 23:00

“Magic City” bog‘i, 20 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 23:00

Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

“Tashkent City” majmuasi, 21 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 23:00

Yashnobod tumani:  “Ashxobod” sayilgohi, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 20:00

Yakkasaroy tumani: “NEXT” savdo majmuasi, 25 dekabr – 10 yanvar | 16:00 – 22:00

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining turli millatlar urf-odatlari, milliy hamda madaniy an’analari aks ettirilgan pavilonlar hududi, 25–30 dekabr | 16:00 – 19:00

Yangihayot tumani: Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, 25 dekabr – 10 yanvar | 11:00 – 22:00

Barchani kutilmagan dasturlar, ko‘tarinki kayfiyat va yorqin taassurotlar kutmoqda!

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov, O‘ktam Hayitov (surat), O‘zA