Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt va Farg‘onadan kelgan qilichbozlarga teng keladigani topilmadi
10:08 / 2026-01-27

Jizzax shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida ishtirokchilar rapira yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etdi.

Chempionatning o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Selimxon Mustafoyev va Muhammadqodir Ahmadov o‘zaro to‘qnash keldi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu to‘qnashuvda Selimxon g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ularga yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Abdurashid Abdujalilev va Shohruxbek Bisengaliyev bronza medali bilan taqdirlandi.

Qizlar orasida Rayana Toshimova, Ulyana Kuzikova, Zarina Solihova, Sarvinoz Qodirova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, jamoaviy musobaqalarda poytaxtimizning 1 - va 2 - jamoalari qizlar orasida oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Farg‘onaning ikki jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.  

O‘g‘il bolalar orasida “Toshkent-1” jamoasi birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, farg‘onalik rapirachilardan iborat 3 ta jamoa qolgan o‘rinlarni band etdi.

Bugun, 27 yanvar kuni shpaga bo‘yicha o‘g‘il va qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA