Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt va Andijonda niqob taqish tavsiya etildi
15:05 / 2025-11-11

So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahri dunyo bo‘yicha atmosfera havosi eng iflos shaharlar qatoridan tez-tez o‘rin egallayotgani sir emas.

Jumladan, bugun, 11 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ham atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 143 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 2,4 marta oshgan.

Bundan tashqari, Andijon avtomatik stansiyasida soat 10:00 atmosfera havosidagi PM10 mayda zarrachalarining miqdori 502 mkg/m3 ni tashkil etib, yillik ruxsat etilgan me’yordan 1,0 barobar oshgan. PM2,5 mayda dispersli zarrachalarning tarkibi esa 314 mkg/m3 ni tashkil etdi, yillik ruxsat etilgan me’yordan 8,9 barobar oshgan.

Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi hamda poytaxtimiz va Andijon shahri aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. Ochiq havodagi faoliyatlarni qisqartirish, tashqariga chiqqanda niqob taqish lozimligi tavsiya etildi.  

Ta’kidlash lozimki, atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uning ifloslanishining oldini olish, zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramay, atmosfera havosidagi zararli zarrachalar miqdorining oshib borishi ekologiyaga nisbatan yanada e’tiborli bo‘lishni taqozo etadi. Shuning barobarida bu kabi holatlarda salomatligimizni asrashga qaratilgan ehtiyot choralarini ko‘rish talab etiladi.   

M.Komilova, O‘zA