Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt tumanlari uchta yo‘nalishda rivojlantiriladi
18:46 / 2025-12-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Shota Rustaveli ko‘chasida BRT yo‘lagi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hududida avtomobil tunneli ishga tushirildi.  

Lekin Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Shahrisabz, Maxtumquli, Ohangaron ko‘chalaridagi tirbandlikdan aholi norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.  

Toshkent shahri aholisi yildan-yilga oshib borayotgani hisobiga 100 mingdan ziyod maktab va bog‘cha o‘rinlariga ehtiyoj bor.  

–Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi. 2026 yil Toshkent shahri uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi. Bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi, – dedi davlatimiz rahbari.  

Kelgusi yilda jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani 3 ming, 2027 yilda esa 3,5 ming dollarga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026 yilda 9 milliard dollar, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi.  

O‘zA