Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt pedagoglari o‘zaro fikr va tajriba almashdilar
12:08 / 2025-08-19

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi”ning Toshkent shahar bosqichining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 600 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, tub ijobiy o‘zgarishlar xususida batafsil so‘zladi. 

[gallery-24819]

Tadbirda qayd etilganidek, Toshkent shahrida ham yangi o‘quv yilida ko‘plab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari faoliyat boshlaydi. Ularda yosh avlodning bilim va tarbiya olishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. 

Forum mashg‘ulotlari davomida pedagoglar ta’limga yangicha yondashuvlar, yangilangan o‘quv dasturlari, darsliklar, ilg‘or innovatsion loyihalar bilan batafsil tanishdilar. 

Tadbir doirasida sohada uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh ustozlar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.                    

Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA