FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning eng sevimli maskanlaridan biri – Tashkent City da Yangi yil bayrami munosabati dron shou tashkil etildi. Mazkur tadbir poytaxt ahli hamda mehmonlarni bir joyga jamlab, barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tungi osmonga ko‘tarilgan yuzlab dronlar yorqin ranglarda milliy ramzlar, bayramona yozuvlar va geometrik shakllarni hosil qildi. Tomoshabinlar dronlar harakatidagi turli shakllar va syujetlarning musiqa bilan uyg‘unligini katta qiziqish bilan kuzatdi.
[gallery-26963]
Ta’kidlash kerak, dronlar shousi bu – havo ansambli bo‘lib, unda dronlar bir-biriga sinxron harakat qilib, osmonga chiziqlar, harflar va syujetlarni chizadi. Bunday shoular bolalar hamda kattalar uchun ajoyib tomosha bo‘lishi, aniq.
Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha, dron shou zamonaviy texnologiyalarni ommalashtirish, shahar aholisining madaniy hordiq olishini ta’minlash va Toshkentning innovatsion qiyofasini namoyon etish maqsadida o‘tkazildi.
Bu kabi zamonaviy tadbirlar Toshkent shahrida kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Bu esa poytaxtning madaniy hayotini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Kamola Yusupova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA