Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt mahallalari aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
22:29 / 2021-01-10

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi mahallalar aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

«Bobodehqon» va «Sevinch» mahalla  fuqarolar yig‘inlarida institutning malakali shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tibbiy ko‘rikda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, partiya vakillari, institut o‘qituvchi va talabalaridan tarkib topgan ko‘ngillilar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi kabi tibbiy ko‘riklarning bepul tashkil etilishi aholi uchun har tomonlama qulaylikni yuzaga keltiradi. Terapevt, nevrolog, otorinolaringolog kabi yuqori malakali mutaxassis shifokorlar mazkur tibbiy ko‘rikda kun davomida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan 200 nafarga yaqin bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Tibbiy ko‘rik vaqtida UZI ultratovushli tibbiyot uskunasi yordamidan ham unumli foydalanildi. Barcha aniqlangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yilib, muolajalar belgilandi.

Shuningdek, shifokorlar yotib qolgan bemorlar xonadonlariga ham tashrif buyurdi.

O‘zA