English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt jamoasi Samarqandda yetakchilikni qo‘lga kiritdi
11:10 / 2025-09-27

Samarqand shahrida o‘tkazilgan para velosport bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida mahoratli sportchilar saralandi.

Respublikamizning turli hududlaridan 180 nafar iqtidorli velosportchi ishtirokida uch kun davomida o‘tkazilgan poygalar natijasida Toshkent shahri sportchilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Medallar jamg‘arish reytingida Toshkent viloyatining matonatli para velosportchilari ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona Samarqand viloyati jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindor sportchilar, jamoalar medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA