Poytaxt jamoasi g‘olib bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi "Nurli maskan" maktab internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida 5×5 futbol ( futbolning bu turida jamoadagi o‘yinchilarning soni 11 nafar emas, 5 nafarni tashkil etadi) bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati ishqibozlarga bir olam zavq bag‘ishladi.
Besh kun davom etgan mazkur chempionatda 6 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi.
Mamlakat terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralagan turnir yakunida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati jamoalari esa kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA