English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt ijrochilari ikki trillion so‘mdan ortiq mablag‘ undirdi
09:51 / 2023-05-23

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 523 mingdan ortiq ijro hujjatidan 268 mingga yaqinining ijrosi tamomlanib, 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.

Xususan, davlat foydasiga 395,5 milliard so‘m va soliq qarzdorligi bo‘yicha 1,3 trillion so‘m undirildi. 

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga 37,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

MIB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, boshqarma tomonidan 7 ming 227 murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida 1 ming 329 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanib, 57,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ undirilishi ta’minlandi. 

N.Abduraimova, O‘zA