Poytaxt hokimi Yangihayot industrial texnoparki faoliyati bilan tanishdi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Yangihayot tumaniga tashrifi doirasida Yangihayot industrial texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, hokim hududni ko‘zdan kechirib, 2024 yil oxirigacha ishga tushadigan loyihalar bilan tanishdi.Tashrif davomida texnoparkning rivojlanish rejalari hamda yangi loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bu yerda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot vakillarining taklif va muammolari tinglandi.


Texnopark hududida yo‘l infratuzilmasini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Sh.Umurzoqov texnoparkda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA