Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt havosi tarkibida mayda zarrachalar bilan bog‘liq xavf yuqoriligicha qolmoqda
12:56 / 2024-01-03

"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan bir sutkadan buyon aynan mana shu mayda ko‘zga ko‘rinmas zarracha poytaxt havosi tarkibida jahon standartlarining ruxsat etilgan me’yoridan (REM) ancha yuqori ya’ni “qizil” xavfda saqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, RM-2.5 mayda zarrachasi soch tolasidan 40 barobar mayda ko‘zga ko‘rinmas zarracha hisoblanadi.  

Bu mayda zarrachaning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri bor. Uning muntazam havo tarkibida yuqori darajada qolishi inson salomatligi, o‘pka to‘qimalari orqali qonga o‘tish xususiyatidan kelib chiqib paydo bo‘ladigan kasalliklar, nafas yo‘llari, allergiya, ko‘z shilliq pardasi zararlanishi, teri kasalliklari, hatto saraton kasalligini ham keltirib chaqirishi mumkin.  

N.Rahmonova, O‘zA