Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt bojxonachilari 1,1 milliard so‘mlik “mato” operatsiyasiga chek qo‘yishdi
11:44 / 2022-03-14

Bojxona organlari tomomnidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan yuk konteynerida hujjatlarga ko‘ra 8 turdagi mato tovarlari bojxona postiga kirib keldi.

Mazkur tovarlarning yuk hujjatlari va ularning inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan tasvirlari o‘rtasida o‘zaro tafovut bo‘lganligi sababli belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk konteynerida hujjatlardagi kabi 8 turdagi emas, balki 11 turdagi mato tovarlari borligi, 5 turdagi matolarning tovar kodlari esa noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi fosh bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tovarlarning  umumiy qiymati 1 milliard 152 million so‘mni tashkil etmoqda.

Hozirda tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 

Axborot xizmati