English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt bojxona postlari faoliyati hokimlik vakillari tomonidan o‘rganildi
09:49 / 2022-03-30

Davlatimiz rahbari huzurida 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida viloyat va shahar hokimliklariga bojxona xodimlarining ijtimoiy himoyasi va postlardagi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirov poytaxtimizdagi “Chuqursoy” hamda “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 


 
Uchrashuvda poytaxt bojxona postlaridagi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlari, bojxona omborlari hamda logistika markazlarining bugungi kundagi imkoniyatlari, bojxona xodimlarining ijtimoiy  himoyasi, bojxona postlaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganildi. 
 
O‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar va bojxona postlarining infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.  

O‘zA