Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt aholisiga namuna bo‘layotgan ekologiya vaziri bilan eksklyuziv suhbat (+video)
09:13 / 2024-03-30

“Avtomobilsiz kun” aksiyasi har oyda bir marta o‘tkaziladi.

Bugun, 29-mart kuni poytaxtimizda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi. Endilikda har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.

Juma kuni amaldorlar, vazirlar, hokimlar, qo‘mita va uyushma rahbarlari ishga jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda keldi. O‘zA ijodiy jamoasi Prezident raisligidagi selektordan chiqib, ish joyiga metro orqali yetib olgan ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovga qo‘shildi va yo‘l-yo‘lakay suhbat qurdi.

Shahrimiz markazidan tayyorlangan videoreportajni YouTube tarmog‘imizda ko‘ring!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MSQDXFxFhhA" title="Poytaxt aholisiga namuna boʻlayotgan ekologiya vaziri bilan eksklyuziv suhbat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA