Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt aholisi muammolari hal etilmoqda
19:47 / 2023-09-07

Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan aholi murojaatlari hamda uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarga yechim topish, joylarda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joriy etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirmoqda.

Ishchi guruhga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlari hamda yana 13 ta vazirlik va idoralar hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari kiritilgan.

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida uch kun davomida qator amaliy ishlar bajarildi.  

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash uchun Bektemir va Yashnobod tumanlarida ichki yo‘llarning 4 km.ga yaqin qismi asfalt qilindi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 88 beton ustun o‘rnatildi, 1,8 km tarmoq tortilib, ikkita transformator o‘rnatildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1,3 km suv quvuri va 12 ta suv qudug‘i joriy ta’mirlandi.  

Yunusobod, Chilonzor, Mirobod tumanlarida ichimlik suvi quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Gaz ta’minoti bo‘yicha 5 km gaz quvuri yotqizildi, 3 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi.

Aholi bandligini ta’minlash hamda ko‘makka muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibor markazida bo‘ldi.  

Xususan, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 34 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun 294,4 million so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 14 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 364 million  so‘mlik quyosh paneli o‘rnatishga mablag‘ ajratildi.  

“Ayollar daftari”dagi 278 nafar xotin-qizga 449,4 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari”dagi 68 nafar fuqaroga 238 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.  

Ishlar davom etmoqda.

O‘zA