Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poygachilarimiz avtosport olimpiadasida qatnashdi
17:01 / 2022-11-03

O‘zbekiston avtosport federatsiyasi tomonidan shakllantirilgan mamlakatimiz terma jamoasining 12 nafar a’zosi Fransiyada o‘tkazilgan avtosport olimpiadasi maqomidagi" FIA Motorsport Games-2022" xalqaro musobaqasida ilk bor yurtimiz sharafini himoya qildi.

72 ta mamlakatning 500 nafarga yaqin sportchilari ishtirokida 17 ta yo‘nalishda o‘tgan bahslarning 6 tasida o‘zbekistonlik poygachilar o‘z omadini sinab ko‘rishdi.

Hamyurtlarimiz birinchi marta qatnashayotgan avtosport olimpiadasida garchi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, xalqaro maydondagi dastlabki bahslardayoq kuchlilarga munosib raqobat hosil qila olishdi.

Musobaqaning formula-4 yo‘nalishida Ismoil Ahmedxo‘jayev, karting-sprintda Amir Hamroyev, avto slalomda Olim Ahmadjonov va Sabina Otajonova kabi poygachilarimiz o‘z yo‘nalishlarida kuchli yettitalikda bahslarni yakunlab, xalqaro tajribani oshirdi.

Shiddatli poygalar natijasiga ko‘ra, Italiya terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan 1-o‘rinni egalladi. Umum ko‘rsatkich va to‘plangan ochkolarga ko‘ra, O‘zbekiston avtosportchilari 72 ta davlat orasida munosiblar qatori 2024 yili Ispaniya trassalarida o‘tadigan "FIA Motorsport" o‘yinlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA