Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poyezd yana Namanganga qaytmoqda...
15:24 / 2020-08-30

Xabaringiz bor, bugun ertalab vodiy halqa temir yoʻli boʻylab dastlabki yoʻlovchi elektropoyezdi Namangandan yoʻlga chiqqan edi.

Xabaringiz bor, bugun ertalab vodiy halqa temir yoʻli boʻylab dastlabki yoʻlovchi elektropoyezdi Namangandan yoʻlga chiqqan edi.

Ayni vaqtda u Andijon va Margʻilondan oʻtib, Qoʻqon vokzaliga yetib keldi. 

Bayram shukuhi sezilib turgan bu manzilda yoʻlovchilar quvnoq kuy- qoʻshiqlar guvohi boʻlishdi.

photo_2020-08-30_15-19-31.jpg

– Vodiy viloyatlarining urf odatlari, qadriyatlari bir-biriga juda oʻxshaydi. Shu bois qiz olib, qiz berganlar koʻp. Lekin avtobusda qatnaganda bizga oʻxshagan yoshi kattalarning beli ogʻrib, suyaklari qotadi. Poyezdda esa maza qilib yursa boʻladi. Chipta narxlarining arzonligini aytmaysizmi? Masofaga qarab uch ming soʻmdan boshlanar ekan, – deydi nuroniy onaxon Shoiraxon Qosimova.

Albatta, yurtimiz Mustaqilligining 29 yilligi bayramiga qilingan bunday munosib sovgʻa qalblarni va yoʻllarni yana-da yaqinlashtirishi shubhasiz.

– Yoʻlga chiqqan yurtdoshimiz bir yoʻla vodiy viloyatlarining hammasini ham koʻrish imkoniga ega boʻlavermaydi, – deydi nuroniy otaxon Yoʻldosh Mashrabxonov. – Ayniqsa, hozirgi kabi kuz oylarida. Vodiyimizning goʻzalligini qarang, poyezdda ketayotib, mamlakatimizning naqadar boyligini koʻrib, his qilib ketyapmiz.

photo_2020-08-30_15-18-23.jpg

Dalalarimizni qarang, hamma yoqda pishiqchilik, toʻkinlik. Ana shu boyligimizni koʻrib, quvonib ketyapman. Biz yoshi kattalar bundan shukr qilamiz. Andijonning qovunlarini taʼrifini Bobur juda chiroyli keltirgan. Andijonning noshvoti qovunini, gilosu oʻrigini yemagan oʻzbek, oʻzini oʻzbek hisoblamasa kerak.

Qayd etish kerakki, bu yoʻnalishda qatnov yoʻlga qoʻyilishi nafaqat vodiy ahli uchun, balki vodiyga kelmoqchi boʻlgan har bir yurtdoshimiz uchun juda yaxshi sovgʻa boʻldi.

Yoʻlovchilar shu tariqa halqa yoʻlining bir qator manzillarida toʻxtab yana Namangan sari otlanishdi.

photo_2020-08-30_15-19-38.jpg