Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi (+video)
09:54 / 2026-01-09

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida respublika ijodiy tanlovi o‘tkazildi.

Milliy gvardiya va Badiiy akademiya hamkorligida, "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tashkil etilgan tanlovda gvardiyachilar, ularning farzandlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, kursantlar, talabalar hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tanlovga Vatanga muhabbat, muqaddas yurt himoyasi, jasorat va fidoyilik g‘oyalarini aks ettiruvchi 50 ga yaqin tasviriy san’at asarlari va foto dizayn ishlari taqdim etildi. Ishlar professional hakamlar tomonidan baholanib, eng munosib ishtirokchilar 1, 2 va 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov yoshlar orasida vatanparvarlikni yuksaltirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda gvardiyachilar va ularning oilalari ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_K1SF86NkA4?si=4dj5-tyQITTqJPjl" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,  

U.To‘xtayev (montaj),

O‘zA