Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portugaliyada yashayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etadi
16:09 / 2021-10-08

Kuni kecha mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida saylovga tayyorgarlikning borishi, 2019 yilda qabul qilingan Saylov kodeksi va milliy saylov qonunchiligidagi yangiliklar, shuningdek, Portugaliyaning Leyriya shahrida muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalarining tashkil etilishi bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar yetkazildi.  

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayoni, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro e’tirof etilgan tamoyillar, umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ochiq va oshkora o‘tkazilishi alohida qayd etildi.  

O‘z navbatida, siyosiy partiyalar faoliyati va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlarining mazmun-mohiyati vatandoshlarga tushuntirildi.  

Fuqarolar bilan muloqotda elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasi faoliyati haqida ham batafsil ma’lumot berildi.  

B.Xudoyberdiyev, O‘zA