Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portugaliyada BMT anjumani bo‘lib o‘tadi
19:24 / 2022-06-08

BMTning okean bo‘yicha navbatdagi anjumani Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida 27 iyundan 1 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir Keniya davlati bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Mazkur yig‘ilish dunyo okeanini jadal boshqarish, xususan, suvning sho‘rlanishi, kirlanishi hamda noqonuniy ov qilishga qarshi kurashish uchun ilm-fanda asoslangan innovatsion yechimlarni qabul qilishga turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar e’tiroficha, bugungi kunda okeanning kattagina qismi xaritaga kiritilmagan, tadqiq etilmagan va kuzatuv ostiga olinmagan. 8818 tashkilot, 21 davlat va hukumat rahbari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan Lissabon anjumanining ochilishida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashadi.

BMT matbuot xizmati materiallari asosida

Gulruh Abdullayeva tayyorladi.

O‘zA