Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portugaliya va Venesuela futzalchilari Andijonga yetib keldi
12:01 / 2024-09-24

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh o‘yinlari yakuniga yetdi. Oltita guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan, shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rtta jamoa chempionatning 1/8 finali o‘yinlarida ishtirok etadi.

Chempionatning 1/8 finali doirasidagi Portugaliya – Qozog‘iston, Ispaniya – Venesuela uchrashuvi Andijondagi universal sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

[gallery-19413]

Mazkur uchrashuvlarda qatnashish uchun Andijonga Portugaliya va Venesuela terma jamoalari ham yetib keldi. Mehmonlarni futbol muxlislari, keng jamoatchilik vakillari tantana bilan kutib oldi. 

Eslatib o‘tamiz, 25 sentyabr kuni Ispaniya – Venesuela, 26 sentyabr kuni Portugaliya – Qozog‘iston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari