Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portret rejimli yangi avlod noutbuki
09:40 / 2025-09-11

Berlinda bo‘lib o‘tgan IFA 2025 texnologiya ko‘rgazmasida Lenovo kompaniyasi yangicha dizaynga ega bo‘lgan ThinkBook VertiFlex noutbukini namoyish qildi. Bu qurilma o‘zining 90° buriladigan ekrani bilan ajralib turadi, ya’ni u portret (tik) rejimda ishlay oladi.

Asosiy xususiyatlari:

Ekran: 14 dyuymli displey, korpus ichida burilib, portret rejimga o‘tadi

3.5 mm quloqchin porti

Qalinligi: 17,9 mm

Og‘irligi: 1,39 kg

Lenovo Smart Connect ilovasi orqali Android-smartfon bilan bog‘lanish va fayl almashish imkonini beradi.

Portret rejim tashqi monitor bilan ishlaganda yoki kontentni vertikal o‘qishda juda qulay bo‘ladi. Lenovo hali bu modelning to‘liq texnik xususiyatlarini e’lon qilmagan. Namoyish qilingan versiyasi hozircha prototip hisoblanadi.

Hozircha noutbukning qachon ommaviy ravishda sotuvga chiqarilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JzQ1sPXUb3Y?si=BB_9TM0aHYO192Im" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA