Portlovchi moddalar muomalaga kiritilishining oldi olindi
Fuqaro Sh.A. oltin konlarida ishlatishga mo‘ljallangan portlovchi qurilma “yaratdi”. U noqonuniy ravishda oltin zarrachalarini portlatib olish mumkin bo‘lgan “kashfiyoti”ni fuqaro K.H.ga ko‘rsatib, unga oltin qazib olish ishlariga o‘zini “sherik” qilib olishni taklif qildi.
Sh.A. qo‘lbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani K.H.ga bergan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
O‘zA