Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portlash oqibatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14:07 / 2025-12-03

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida gaz portlashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Rasmiy axborotga ko‘ra, hodisa 2 dekabr kuni soat 10:49 da «Taraqqiyot» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Oshxona ishchisi tomonidan yong‘in haqida FVBga ma’lumot kelib tushgan va tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumot berishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filialiga yetkazilgan hamda ularning holati boshqarma nazoratiga olingan, vafot etganlar yo‘q.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 3 dekabr kuni mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini rasman ma’lum qildi. Tergov doirasida bir nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri