Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Portal elektron ishbilarmonlik muhitini yaratmoqda
19:29 / 2019-11-25

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etilgan Elektron kooperatsiya birjasining www.cooperation.uz portali ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilar oʻrtasida qulay elektron ishbilarmonlik muhitini yaratmoqda.

Negaki, poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz“ markaziy koʻrgazmalar majmuida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishlab chiqaruvchilar oʻz mahsulotlarini namoyish qilish bilan bir qatorda aynan shu portal orqali bir-birlari bilan oʻzaro elektron oldi-sotdi jarayoniga kirishmoqda.

Ishlab chiqaruvchilarning portaldan roʻyxatdan oʻtish jarayonlarini taqqoslab oʻtsak. Yarmarka boshlangunga qadar 10 ming 800 korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tadbir ochilgandan keyin bir sutka mobaynida 648 korxona roʻyxatga kiritilgandi. Bugun soat 18.00 da Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, Elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz)ga aʼzolar soni 13 ming 421 tani tashkil etgan. Shuningdek, portalga qoʻyilgan mahsulot turi dastlab 9 mingta boʻlgan boʻlsa, ayni chogʻda uning soni 19 ming 517 tadir. Tadbirga qadar 270 elektron shartnoma shakllantirilgan va miqdori 44 milliard soʻmlikdan ziyodni tashkil etgan boʻlsa, bugun elektron shartnomaning soni 6 ming 528 ta boʻlib, pul miqdori deyarli 1 trillion 228 milliard soʻmga yetgan.

Oʻzbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi faoliyati davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Navoiy mashinasozlik zavodi vakillari ham ushbu portal orqali 10 dan ziyod shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

– Bu ishlab chiqaruvchilar uchun yana bir katta imkoniyatdir, – dedi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Navoiy mashinasozlik zavodi xodimi Gʻayrat Gʻulomov. – Bizga bu portal juda maʼqul boʻldi. Portal koʻplab ovoragarchilikning oldini olar ekan. Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ishlab chiqaruvchilarga yirik maydon boʻlib, biz ham mahsulotlarimizni ishtirokchilar eʼtiboriga havola etdik. Ular orasida metallarga ishlov beradigan dastgoh ham bor. Bu zavodimizning yangi mahsuloti sifatida namoyish qilinyapti. Zavodimiz 55 yillik faoliyatga ega. U Navoiy kon-metallurgiya kombinatining kon ishlari va gidrometallurgiya zavodlari uchun noanʼanaviy uskunalar, stanoklar tayyorlash, oʻrnatish va sozlashga ixtisoslashgan. Shuningdek, zavod buyurtma asosida mamlakatimiz sanoat korxonalari va qishloq xoʻjaligi uchun ehtiyot qismlar yetkazib beradi. Zavodning toʻrtta ishlab chiqarish majmuasi va oʻndan ortiq sexlarida 3 ming 700 dan ziyod ishchi-xodim mehnat qiladi.

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzAPortal elektron ishbilarmonlik muhitini yaratmoqda