Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poraxo‘rning borar joyi qamoqxona
17:50 / 2022-09-28

Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda ushlandi.

Jizzax shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori o‘rinbosari Jaldamqul Taldamqulov (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi o‘zgartirildi) o‘z mansabini suiiste’mol qilib, ya’ni egallab turgan lavozimidan foydalanib, avvaldan tanishi bo‘lgan Shaydimqulning qizini shu texnikumga “O‘qishga o‘tkazib qo‘yaman, evaziga 500 AQSH dollari berasizlar” deya pora talab qilgan.

Bundan xabar topgan Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari tezkor tadbir o‘tkazdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori o‘rinbosari Jaldamqul Taldamqulov, fuqaro Shaydimquldan qizini o‘qishga o‘tkazish uchun so‘ragan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi, deganlaridek, Jaldamqulning ushbu qing‘irligini mutasaddi idora xodimlari uzoqqa bormay fosh etdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA