Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
17:45 / 2025-11-26

Mamlakatimizda korrupsiya va ta’magirlikka qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tezkor profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Namangan viloyati hududida ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sog‘lom va xavfsiz yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida pora oldi-berdisi holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahrining Dashtbog‘ mahallasida yashovchi, 2001 yili tug‘ilgan fuqaro giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatini yashirish va qonuniy javobgarlikdan qutulish maqsadida shahar IIB tezkor xodimiga 2000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan. 

Tezkor xodim tomonidan fuqaro bir necha bor bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirilganiga qaramay, pul mablag‘larini berayotgan vaqtida Ichki ishlar vazirligining shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etish uchun prokuratura organlariga yuborilgan. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.