French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pora evaziga uy qurilishini olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ishi fosh bo‘ldi
19:25 / 2021-10-15

Tadbirkorga 5 ming dollar evaziga ko‘p qavatli uy qurilishini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ishi fosh etildi, deya ma’lum qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.R. “A.R.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati Zafarobod tumanida ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligini, shundan 5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini va’da qilib, evaziga undan firibgarlik yo‘li bilan 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda fuqaro A.U. sherigi R.R.dan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA