French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pora berishga uringan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:27 / 2020-02-26

Yuz bergan mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Jizzax viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limining jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tumanidagi “Yerjar” temir yo‘l bekatida teplovoz mashinisti T. N. va yordamchisi A. J. 60 litr dizel yoqilg‘ini hududda yashovchi fuqaroga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Shunda qonunbuzar T.N. Jizzax viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limining jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili, katta leytenant Mirsaid Sobirovga 500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qildi.

Bu pul evaziga qonun posboni hujjatlarni javobgarlikni yengillashtiradigan tarzda rasmiylashtirishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi va katta leytenant Mirsaid Sobirov holat yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qildi.

Shunday qilib, T.N. ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora bergan vaqti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘z xavfsizlik boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Xovos transport prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlandi.

Yuz bergan mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.