English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pop tumanida 1 ming 200 gektar maydonda yiliga 1 million sayyohni qabul qiladigan yirik turizm kompleksi barpo etiladi
20:07 / 2025-09-16

Jahon banki bilan O‘rta shaharlarni rivojlantirish loyihasi doirasida joriy yilda “Furqat” bog‘i rekonstruksiya qilinib, hududi qariyb 2 barobar kengaytiriladi, Chortoqsoy bo‘ylab 11 kilometr uzunlikda piyodalar va velosiped eko-yo‘laklari quriladi.

Jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida Chortoqsoy va Katta Namangan kanali qirg‘oqlarining 7 kilometri betonlashtirilib, 30 gektar yer foydali maydonga aylantiriladi

Bu yerdagi ko‘p yillik bog‘lar bilan uyg‘un holda sanatoriy tipidagi yirik servis ob’ektlari barpo etiladi. “Chortoq” suv ombori atrofida turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil qilinadi. 

Yana bir yirik loyiha – Pop tumanidagi Arashan ko‘li atrofida 1 ming 200 gektar maydonda yiliga 1 million sayyohni qabul qiladigan yirik turizm kompleksi barpo etiladi. 

Turizm sohasidagi katta loyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida keyingi o‘quv yilidan Avstriyaning Krems universiteti bilan Namangan davlat universitetida qo‘shma fakultet tashkil qilinadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zA