Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pop tumani «Qo‘shminor» MFYda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot
19:37 / 2023-01-15

15 yanvar kuni soat 16:09da Namangan viloyati Pop tumani «Qo‘shminor» MFY hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta «MAN” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada yuk avtomobillarida yong‘in kelib chiqqan. Birinchi yuk avtomobili yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazut, ikkinchi avtomobilga ko‘mir, uchinchi avtomobilga bo‘yoq mahsulotlari ortilgan bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida bo‘lgan 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA