Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pop tumani korrupsiyadan xoli hududga aylantiriladi (+video)
10:06 / 2026-02-24

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Namangan viloyatiga safari davomida Pop tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, dasturda belgilangan ishlar olib borilishi natijasida tumanda o‘tgan 2025-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar 2024-yilga nisbatan ikki barobarga kamayishiga erishilgan.

O‘rganish natijalari tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev hamda dastur ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan tashkilot rahbarlari ishtirokidagi atroflicha muhokama etildi. Davlat idoralari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktabgacha va maktab ta’limi hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi tanqid qilindi.

Shuningdek, tuman tashkilotlari rahbarlarini rotatsiya qilish, xavfli ijtimoiy illatga qarshi targ‘ibot va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish borasida ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida tumanda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Agentlik rahbari Akmal Burhonov hamda tumandagi tegishli mutasaddilar  Pop tumani bo‘yicha belgilangan dastur ijrosini korrupsiyaviy xavfi yuqori sohalar misolida o‘rgandi.

Dastavval, “Pop dehqon bozori” hududida savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar ko‘rilishi holati bilan tanishildi.

Tumandagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni to‘liq autsorsing asosida yo‘lga qo‘yish, sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xavfsiz muhit yaratish uchun videokuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada aholiga qulay sharoit yaratish, bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari ta’minotini yaxshilash, raqamlashtirish, elektron poliklinika tizimlari, ishga qabulda oshkoralikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullarga elektron poliklinika tizimini barcha birlamchi tibbiyot muassasalarida bosqichma-bosqich joriy etish, xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish hamda aholi uchun qulayliklarni yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_KETtN1VgIU" title="Pop tumani  korrupsiyadan xoli hududga aylantiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan choralar belgilandi. Ayrim muammolar joyida hal etilishiga ko‘maklashildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA