Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pop tumani hokimi aholiga murojaat bilan chiqdi
12:12 / 2021-12-21

Xalq deputatlari Namangan viloyati Pop tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi A’zamjon Sultonov 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2022 yilga mo‘ljallangan rejalarga oid murojaat bilan chiqdi.

– Yil boshida reja va dasturlarimizni aniqlab, erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida belgilab olgan edik, – dedi A’zamjon Sultonov. – Joriy yilning 10 oyi davomida tumanimizda sanoat ishlab chiqarish hajmi 347,4 milliard so‘mni, iste’mol mollari ishlab chiqarish 222,6 milliard so‘mni, chakana savdo aylanmasi 811,7 milliard so‘mni va boshqa xizmatlar 648,8 milliard so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘payishiga erishildi.

Prezidentimizning 2021 yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida Respublikadagi 24 ta tuman qatori bizning Pop ham qurilish materiallariga ixtisoslashgan tuman etib belgilandi va tabiiy toshni qayta ishlash, pardozbop plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Mazkur farmon ijrosi doirasida umumiy qiymati 30 milliard so‘mlik 4 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 110 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, Dilshod Nishonov rahbarligidagi “Chorkesar qizil tosh” MCHJ, Obiddin Ibragimov boshchiligidagi “Chorkesar granit” MCHJ, Solmonbek Azimov rahbarligidagi "Megagranit" MCHJ va Sherali Salohiddinov boshchilik qilayotgan “Uyg‘ursoy yuksalish” MCHJ korxonalari o‘z faoliyatini davom ettirib, bugungi kunda tumanda sheben, shifer, polizol, profnastil, sement va keramik g‘isht kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Yangi korxonalarni eksportga jalb etish va mahsulotlarini xorijga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Brek ston” MCHJ korxonasi keramik g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha,"The garden plants and fruits" MCHJ Yevropa davlatlariga qulupnay, "Turon agro fresh invest" MCHJ va "Uzagro surxan" MCHJ eksportyor korxonalari esa meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘ydi. Shu vaqtga qadar tuman bo‘yicha jami 19,7 million dollarlik sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.

[gallery-5163]

Qishloq xo‘jaligi sohasida “klaster” usulining joriy etilishi yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash, yig‘ishtirib olish va xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli komleks tizimga asos solindi.

Tumanda ayni vaqtda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan “Nuran UZ” MCHJ, “Namangan agro logistika”, baliqchilikka ixtisoslashgan “Namangan baliq” va “Buloq marinka baliqlari”, parrandachilikda “Aktiv chorkesar layt” MCHJ, quyonchilikda “Temurbek Meronshoh”, paxtachilikda “Art soft tex cluster” fermer xo‘jaliklari “klaster” usulida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

E’tiborlisi, Pop tumanida 2022-2026 yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Ushbu istiqbolli dasturni izchillik bilan amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan bir qator vaziflar, asosiy yo‘nalishlar belgilab olingan.

Xususan, umumiy qiymati 3,6 trillion so‘mga teng bo‘lgan jami 915 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga kelgusida 12 ming 640 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Byudjetga 513 milliard so‘m qo‘shimcha manba, 2 trillion so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish quvvatlari yaratilib, eksport imkoniyati 57 million AQSH dollar miqdoriga oshiriladi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA