Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarning natijalari sarhisob kilindi
12:51 / 2026-02-12

Urganch shahrida kurash va sport kurashlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning o‘tgan yilgi natijalari sarhisobi hamda joriy yilga rejalari muhokama qilindi.

Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida milliy sport turi kurash va sport kurashlari bo‘yicha federatsiyalarning viloyat bo‘limlari mutasaddilari, trenerlar, sportchilar, ularning ota-onalari  yig‘ildi. 

Yig‘ilishda Xorazm viloyati prokurori, viloyat kurash va sport kurashlari Federatsiyalari raisi Murodjon Ahmedov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xorazm viloyati bo‘limi ijrochi direktori Usmonboy Jumagaldiyev ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

Yig‘ilishda 2025-yilda erishilgan yutuqlar, ushbu yakkakurashlar bilan band bo‘lgan sportchilar va sport seksiyalari muammolari hamda 2026-yilda sportchilar va ularning murabbiylari oldida turgan vazifalar tahlil etildi. 

Ta’kidlanishicha,  2025-yilda barcha sport yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishilgan. Xususan, kurash bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida viloyat sportchilari 9 ta oltin va bitta bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Ayollar kurashi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan yoshlar o‘rtasida Shohista Shonazarova oltin, kattalar yosh toifasida G‘ulomjon Abdullayev va Nigina Sobirovalar bronza medallari bilan taqdirlangan. Shuningdek,  viloyatning ayollar terma jamoasi Prezident Olimpiadasida birinchi, erkin kurash bo‘yicha o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalar jamoasi uchinchi o‘rinni band etdi. 

[gallery-27616]

Uchrashuv davomida yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan kurash va sport kurashlarini yanada rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, mashg‘ulotlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, musobaqalarni tashkil etish hamda mavjud muammolar bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, sportchilarni qiynayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Uchrashuv yakunida sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida bunday muloqotlar doimiy ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi.

Ahmadjon Shokirov, 

Behzod Saidov (curat), O‘zA muxbirlari