Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimizning g‘alabali odimlari davom etmoqda
02:45 / 2022-08-14

Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida sportchilarimiz ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Jumladan, yunon-rum kurashchimiz Jalgasbay Berdimuratov musobaqaning -87 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, final bahsida eronlik Ramin Soltanmurodni 11:2 hisobida yengdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek, yunon-rum kurashchilarimizdan Muhammadqodir Yusupov va Abror Ataboyev o‘z vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zA